«gastronomik ko‘cha» tegli maqolalar


Olmazor tumanidagi 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi
7 fevral 2025, 11:43

Olmazor tumanidagi 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Toshkent shahridagi 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantiriladi. Olmazor tumanidagi 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘cha bo‘ladi.

Fotoreportaj: Toshkentdagi Pushkin xiyobonining rekonstruksiyasi qanday ketyapti va qachon yakunlanadi?
8 yanvar 2025, 21:45

Fotoreportaj: Toshkentdagi Pushkin xiyobonining rekonstruksiyasi qanday ketyapti va qachon yakunlanadi?

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Pushkin xiyobonida rekonstruksiya boshlanganiga uch oydan oshdi. Aholi bu yerdagi daraxtlarning kesilishidan xavotirda edi. Hudud hozir baland to‘siqlar bilan o‘rab olingan, loyiha bilan qurilish maydonining ichidagina tanishish mumkin. “Gazeta.uz” ish qanday ketayotganini o‘rgandi.

Toshkentning Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etish rejalashtirilmoqda
17 oktabr 2024, 14:56

Toshkentning Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi Yangihayot tumanida jamoat savdo-ko‘ngilochar bulvarini qurish uchun investor qidirmoqda. Uzunligi 1 km bo‘lgan bulvarda gastronomik, sport, savdo va bolalar uchun ko‘ngilochar joylar bo‘ladi.

Toshkentdagi Pushkin haykali atrofida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi (foto)
15 sentabr 2024, 15:46

Toshkentdagi Pushkin haykali atrofida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi (foto)

Yakkasaroy tumanidagi Pushkin haykali o‘rnatilgan xiyobonda zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi. 2,5 gektardan iborat mazkur hududdagi haykal, favvora va barcha daraxtlar saqlab qolinadi. Shuningdek, Shota Rustaveli ko‘chasining 1,8 km qismi 24/7 rejimidagi gastronomik ko‘chaga aylantirilmoqda.

Sergelidagi gastronomik ko‘cha boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi? Tafsilotlar
22 avgust 2024, 23:33

Sergelidagi gastronomik ko‘cha boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi? Tafsilotlar

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari kesishmasida 1,2 km uzunlikdagi gastronomik ko‘cha loyihasini taqdim etdi. Ustuvorlik piyodalarga beriladi, avtobuslar bo‘ladi, qulay mikroiqlim yaratiladi. “Ushbu ko‘cha misolida boshqa ko‘chalar ham tartibga keltiriladi”, — dedi u.

Toshkentdagi Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida yosh daraxt qo‘porildi, boshqalarining ildizlariga zarar yetdi
2 avgust 2024, 19:18

Toshkentdagi Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida yosh daraxt qo‘porildi, boshqalarining ildizlariga zarar yetdi

“Gazeta.uz” nashriga o‘quvchidan Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida daraxt ildizi qo‘porilgani haqida xabar kelib tushdi. Videodan ko‘rinib turibdiki, ba’zi joylarda ekskavator kovshi yerni daraxt tanasiga yaqin joydan chopgan. Ekovazirlikka ko‘ra, ekoinspeksiya xodimlari holatni o‘rganmoqda.

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda
18 iyul 2024, 16:59

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinmoqda. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgandi.

Toshkentda ikkinchi gastronomik ko‘cha tashkil etiladi (foto)
13 iyul 2024, 14:33

Toshkentda ikkinchi gastronomik ko‘cha tashkil etiladi (foto)

Toshkentning Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari 15-iyulda boshlanadi. U yerda yoritish tizimlari, o‘rindiqlar, axlat qutilari o‘rnatilib, ko‘chatlar ekiladi va boshqalar amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting